F9 Financial Management
F9 Financial Management —korporativ moliya asoslarini o’rgatuvchi fan bo’lib, ushbu fanda investitsion loyihalarni baholash, biznes moliyasini boshqarish, aylanmadagi sof aktivlarni boshqarish, risklarni boshqarish, biznesni baholash hamda korxonalar moliyasiga ta’sir qiluvchi makroiqtisodiy ahvol va moliya bozorlari haqida dastlabki tushunchalar amaliy misollar orqali o’rganiladi.
Kursni tugatgan talabalar korxona moliyasini boshqarish uchun yetarli ko’nikmalarni egallashadi.

